2020-yilda jahon kompaniyalari umumiy qarzi qo‘shimcha $1 trln.ga oshadi
Jahondagi kompaniyalar koronavirus pandemiyasi sharoitida moliyaviy holatini mustahkamlashga majbur bo‘lmoqda. Bu zarurat ortidan kompaniyalarning global korporativ qarzi 2020-yilda qo‘shimcha $1 trln.gacha oshishi mumkin. «Interfaks» xabariga ko‘ra, «Janus Henderson» moliyaviy xolding kompaniyasi shunday prognoz taqdim etdi.
Koronavirusga qarshi kurashayotgan biznes oldidagi bu yilgi eng muhim vazifa kapitalni saqlab qolish va balansni mustahkamlash hisoblanadi, dedi «Janus Henderson» vakili.
Korporativ indeksning yangi tahlilini tayyorlash jarayonida dunyoning yetakchi 900 kompaniyasi ma’lumotlari o‘rganildi.
Tahlilchilarga ko‘ra, 2020-yilda global korporativ qarz 12 foizga o‘sib, jami $9,3 trln.ga yetishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda global korporativ qarz 8 foizga o‘sgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter