Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston o‘zbekistonlik haydovchilar uchun to‘lovlarni kamaytirdi

Afg‘oniston o‘zbekistonlik haydovchilar uchun to‘lovlarni kamaytirdi

Foto: Transport vazirligi

Afg‘oniston o‘zbekistonlik yuk tashuvchi mashinalar haydovchilaridan o‘z hududida undiriladigan yig‘imlar miqdorini umumiy hisobda 6 500 afg‘oniy (taxminan 99 AQSh dollari)ga kamaytirdi. Bu haqda O‘zbekiston transport vazirligi xabar berdi.

Jumladan:

  • Amudaryo ko‘prigidan o‘tish uchun avval 12 000 afg‘oniy (taxminan 182 AQSh dollari) miqdorida undiriladigan yig‘im joriy yil 28 sentyabrdan 7 000 afg‘oniy (taxminan 106 AQSh dollari);
  • Afg‘onistonga yuk avtotransport vositasining kirishi uchun avval 5 000 afg‘oniy (taxminan 76 AQSh dollari) miqdorida undirilgan yig‘im 3 500 afg‘oniy (taxminan 53 AQSh dollari) etib belgilangan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring