Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayollarimiz qaysi davlatlarda chiqarilgan dazmollarni ishlatishmoqda?

Ayollarimiz qaysi davlatlarda chiqarilgan dazmollarni ishlatishmoqda?

Illyustrativ foto

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar–aprel oylarida xorijdan qiymati 1,4 mln AQSh dollariga teng 243 705 dona dazmol import qilingan.

Dazmol importi 2021-yilning mos davriga solishtirilganda 147 851 donaga yoki 2,6 barobarga oshgan.

O‘zbekiston 4 oy mobaynida 10 ta davlatdan dazmol import qilgan.

O‘zbekiston 4 oy mobaynida eng ko‘p dazmol import qilgan davlatlar:

  1. Xitoy — 238 558 dona (97,88 foiz)
  2. Fransiya — 3 198 dona
  3. Indoneziya — 1 354 dona
  4. Vengriya — 244 dona
  5. Turkiya — 108 dona
  6. Germaniya — 106 dona
  7. Serbiya — 106 dona.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring