Ayollarimiz qaysi davlatlarda chiqarilgan dazmollarni ishlatishmoqda?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar–aprel oylarida xorijdan qiymati 1,4 mln AQSh dollariga teng 243 705 dona dazmol import qilingan.
Dazmol importi 2021-yilning mos davriga solishtirilganda 147 851 donaga yoki 2,6 barobarga oshgan.
O‘zbekiston 4 oy mobaynida 10 ta davlatdan dazmol import qilgan.
O‘zbekiston 4 oy mobaynida eng ko‘p dazmol import qilgan davlatlar:
- Xitoy — 238 558 dona (97,88 foiz)
- Fransiya — 3 198 dona
- Indoneziya — 1 354 dona
- Vengriya — 244 dona
- Turkiya — 108 dona
- Germaniya — 106 dona
- Serbiya — 106 dona.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter