«Beldersoy oromgohi» sotildi
Davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq quyidagi davlat ko‘chmas mulk ob’yektlarining ommaviy savdo jarayonlari g‘oliblari belgilandi:
«Poytaxt biznes majmuasi» MChJ mulkiy majmuasi bo‘yicha savdolarda «Quadro IH DMCC» (BAA) kompaniyasi 164,0 mlrd. so‘m xarid qiymatini bir yo‘la to‘lash hamda ta’mirlash-tiklash ishlari uchun 6,0 mln. AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiya kiritish sharti bilan;
«Malika» savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi bo‘yicha savdolarda «Premium Prime Service» MChJ 125,0 mlrd. so‘m xarid qiymatini bir yo‘la to‘lash hamda ta’mirlash-tiklash ishlari uchun 100,0 mlrd. so‘m miqdorida investitsiya kiritish va 250 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan;
«Beldersoy oromgohi» dam olish maskani (Kanat yo‘li bilan birga) bo‘yicha savdolarda «Ulkan Mulk» MChJ 107,0 mlrd. so‘m xarid qiymatini bir yo‘la to‘lash sharti bilan savdo g‘olibi deb topilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Malika», «Poytaxt» biznes majmuasi, «Beldirsoy» va «Chorvoq» dam olish maskanlari investorlarga sotilishi haqida xabar berilgandi.
«Beldersoy oromgohi» dam olish maskani va «Beldersoy» sport bazasi (kanat yo‘li)ning ommaviy savdo jarayonining birinchi bosqichida 5 nafar talabgorlar tomonidan takliflar kelib tushgani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter