Bir yilda qancha don, sabzavot va meva yetishtirilgani ochiqlandi
O‘zbekistonda bir yilda 8,4 million tonna don, 3,6 million tonna kartoshka yetishtirilgan.
Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 426,3 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2022-yil bilan solishtirilganda 4,1 foizga oshgan.
2023-yilda yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari hajmi:
— Don mahsulotlari – 8,4 mln tonna
— Kartoshka – 3,6 mln tonna
— Sabzavotlar – 11,6 mln tonna
— Poliz ekinlari – 2,4 mln tonna
— Meva va rezavorlar – 3,1 mln tonna
— Uzum – 1,7 mln tonna.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter