Moliya vazirligi hisoboti: bolalar sporti va boshqa sohalarda o‘zlashtirilgan milliardlar

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2018-yilning 1-choragida Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida davlat moliyaviy nazorati tadbirlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan jami 844 ta nazorat tadbiridan 661 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag‘lar 33,0 mlrd. so‘mni, shundan kamomad va o‘zlashtirishlar 5,1 mlrd. so‘mni, noqonuniy xarajatlar 24,8 mlrd. so‘mni va Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan maqsadsiz ishlatilgan mablag‘lar 3,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Nazorat tadbirlarini o‘tkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan ko‘rsatmalarga asosan aniqlangan 20,8 mlrd. so‘m miqdoridagi noto‘g‘ri sarflangan mablag‘lar belgilangan tartibda tiklanishi ta’minlandi hamda 650 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
Jumladan:
1. Budjet va budjet mablag‘lari oluvchi tashkilotlar bo‘yicha o‘tkazilgan 626 ta nazorat tadbiridan 510 tasida 9,2 mlrd. so‘m mablag‘ noto‘g‘ri sarflangani aniqlandi, shundan 474 ta sub’yekt bo‘yicha (9,0 mlrd. so‘m) nazorat tadbiri materiallari huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.
Shuningdek, budjet intizomini buzgan budjet tashkilotlarining 32 nafar rahbar va mansabdor shaxslari 16,7 mln. so‘m miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortildi.
2. Davlat maqsadli va moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan 127 ta nazorat tadbiri o‘tkazilib, ularning 94 tasida 5,2 mlrd. so‘m kamomad, o‘zlashtirish va noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.
Aniqlangan noo‘rin va maqsadsiz xarajatlardan 3,1 mlrd. so‘mi belgilangan maqsadlarga qayta yo‘naltirildi va 1 mlrd. so‘mi belgilangan tartibda tiklandi, 3,3 mlrd. so‘m miqdorida moliyaviy qonunbuzilishlar aniqlangan 98 ta tekshirish materiali qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga
topshirildi.
3. Hukumat va huquqni muhofaza qilish organlarining qaror va farmoyishlariga asosan 64 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy xo‘jalik faoliyati yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazilib, shundan 35 tasida 17,4 mlrd. so‘m miqdorida noqonuniy xarajatlar aniqlandi hamda tekshirish materiallari qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.
Ushbu sub’yektlarda aniqlangan 8,6 mlrd. so‘m miqdoridagi noqonuniy xarajatlar tiklanishi ta’minlandi.
4. Boshqa yo‘nalishlar (Hukumat tomonidan kafolatlangan kredit, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi va boshqalar) bo‘yicha 27 ta nazorat tadbiri o‘tkazilib, ularning 22 tasida 1,3 mlrd. so‘m miqdorida kamomad, o‘zlashtirish va noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlanib, shundan 1,1 mlrd. so‘mi belgilangan tartibda budjetga tiklanishi ta’minlandi.
Shuningdek, moliyaviy qonunbuzilishlar aniqlangan 1,2 mlrd. so‘m miqdoridagi 18 ta tekshirish materiali huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.
5. Hisobot davrida Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalariga jismoniy shaxslardan jami 199 ta murojaatlar kelib tushdi, shundan 53 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborildi, 26 tasi bir xil mavzuda takroriy murojaatlarni tashkil qiladi, 12 tasi anonim deb topildi.
Jismoniy shaxslarning 96 ta murojaati o‘rganib chiqildi, shundan ularda qayd etilgan holatlar 12 tasida to‘liq, 30 tasida qisman tasdiqlandi va 54 tasida o‘z isbotini topmadi.
Shuningdek, jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha 98 mln. so‘m miqdorida moliyaviy xatoliklar aniqlangan 13 ta o‘rganish materiali huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter