Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir boshchiligida tunu-kun ishlaydigan respublika shtabi tuziladi

Bosh vazir boshchiligida tunu-kun ishlaydigan respublika shtabi tuziladi

Prezident kuni kecha o‘tkazgan yig‘ilishda sanoat tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan mutasaddi idoralarga qator topshiriqlar berilgan

Jumladan, Bosh vazir boshchiligida tunu-kun ishlaydigan respublika shtabi tuziladi. Joylarda ham viloyat hokimlari boshchiligida hududiy shtablar  tashkil etiladi.

Shtabda iqtisodiyot, investitsiya, soliq, bojxona, bank, energetika, standart, kadastr vakillari korxonalardan 24 soat davomida muammolarini qabul qilib, ularni tezkor hal qiladigan tizim bo‘ladi.

Hafta yakunida hokimlar va tarmoq rahbarlari bilan birga barcha masalalar Bosh vazir huzurida muhokama qilinadi va qoloqliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga chora ko‘riladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga 232 ta mahalliy sanoat korxonasida ishlab chiqarishni oshirish, 210 ta yirik sanoat loyihasini to‘liq ishga tushirish choralarini ko‘rish topshirildi. Sanoat zonalari va yirik loyihalarning infratuzilma bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganish va bu ishlar uchun ajratilgan 1,2 trillion so‘mni to‘liq ishlatish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring