Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Boshpana», tashqi qarz, investitsiya va 3 milliard dollar — Prezident bir qator masalalarga aniqlik kiritdi

«Boshpana», tashqi qarz, investitsiya va 3 milliard dollar — Prezident bir qator masalalarga aniqlik kiritdi

Arxiv foto

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari bo‘yicha selektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda. Davlat rahbari yig‘ilish davomida bir qator masalalarga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Boshpana haqida

Qishloqdagi odamlar o‘zi yashaydigan joyni «boshpana» deydi. Bu — uy-joy degani. Biz 27 yil davomida qurilish sohasiga e’tiborsiz bo‘ldik. Oxirgi yillarda vaziyatni o‘nglash uchun ko‘plab qarorlar qabul qilyapmiz.

Garchi o‘tgan yil juda qiyin o‘tgan bo‘lsada, xalqimiz uchun ishlashda davom etamiz. Hatto eng og‘ir o‘tgan pandemiya yilida ham qishloq joylardagi sharoitni yaxshilash uchun 21 trillion so‘m va uy-joy ipoteka krediti uchun 11.5 trillion so‘m, umumiy tarzda 31.5 trillion so‘m ajratilmoqda. Bu esa 3 milliard 50 million dollar deganidir.

E’tiborli tomoni — ushbu ishlar tashqi qarzni ko‘paytirmagan holda amalga oshiriladi. Barcha loyihalar ichki imkoniyat evaziga bajariladi.

Rivojlanish strategiyasi haqida

Kuni kecha Yevropadan kelgan mutaxassislar bilan muloqotda bo‘ldik. Ular orasida sotsializmdan ochiq iqtisodiyotga o‘tgan davlatning sobiq rahbari ham bor edi. U bilan uzoq suhbatlashdik, amalga oshirilayotgan ishlar haqida gaplashdik.

Bu dunyoda xato qilmaydigan odam bo‘lmaydi, hamma ham adashadi. Bizning maqsadimiz — kam xato qilish. Buning uchun boshqa davlatlar tajribasini o‘rganish kerak. Tunu-kun izlanishdamiz. Nasib qilsa, yurtimiz uchun eng maqbul bo‘lgan yo‘ldan ketamiz.

Investitsiya haqida

Uch yil oldin O‘zbekistonga 1 milliard dollar ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritilmas edi. Hozir esa birgina Xorazm viloyatining o‘ziga 1 milliard 300 million dollar investitsiya kiritilmoqda. Ammo bu hali kam. Xorazm aholisini rozi qilish uchun bundan ham ko‘proq mablag‘ bo‘lishi shart.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring