Buxoroda AI-80 benzini ishlab chiqarishdan butkul voz kechiladi

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi faoliyati o‘rganilgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum qilinishicha, zavodda AI-80 benzini ishlab chiqarish butkut to‘xtatiladi.
«Zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida AI-91, AI-93, AI-95 markali yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish va AI-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish, shuningdek Yevro-5 talablariga javob beradigan dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarishga o‘tish kutilmoqda», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter