Buxoroda tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari ma’lum qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 17-fevral kuni Buxoro viloyatidagi oltita korxonaning ochilish marosimida ishtirok etdi.
Tadbir davomida ma’lum qilinishicha, so‘nggi besh yilda Buxoroda 31 trillion so‘m investitsiya jalb qilingan va 3 mingdan ziyod korxona ishga tushirilgan.
Bu davr oralig‘ida viloyatda ishlab chiqarish 4,3 baravarga ko‘payib (2022-yilda 27 trillion so‘m), sanoat eksporti 200 million dollarga yetdi (5 baravar oshdi).
Bugun faoliyatini boshlagan 6 ta korxonada ham 3,5 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan va viloyat ishlab chiqarishiga 850 milliard so‘m qo‘shilishi rejalashtirmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2023-yil davomida Buxoroda 880 million dollarlik 703 ta korxona ishga tushirilib, 15 mingta ish o‘rni yaratilishi maqsad qilingan. Bu loyihalarga 220 million dollar kredit va infratuzilmasiga 100 milliard so‘m ajratiladi.
Davlat rahbari yig‘ilish davomida iqtisodiyotni ko‘tarish uchun qo‘shimcha ishlarni amalga oshirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
«Har bir tuman hokimi qo‘shimcha zaxira topib, yana kamida 50 million dollar investitsiya olib kelib, yangi loyihalarni boshlashi kerak. Buning uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan»,— dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter