Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda viloyatning 30 foiz ehtiyojini qoplaydigan fotoelektr stansiyasi quriladi

Buxoroda viloyatning 30 foiz ehtiyojini qoplaydigan fotoelektr stansiyasi quriladi

Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumanida  Xitoy Xalq Respublikasining «China Gezhouba Group Overseas Investment Co., Ltd.» kompaniyasi tomonidan quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi. Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat hokimi axborot xizmati rahbari Olim Jo‘rayev ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu masala Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma loyihalarini ishga tushirish marosimi davomida o‘tkazilgan videokonferensiya aytib o‘tilgan va  ramziy tugma bosilib, quyosh fotoelektr stansiyasining qurilishiga start berilgan.

Qorovulbozor tumanida qurilishi ko‘zda tutilgan ushbu stansiya Xitoy Xalq Respublikasining «China Gezhouba Group Overseas Investment Co., Ltd.» kompaniyasi tomonidan quriladi. Qiymati 400 mln. dollarga teng bo‘lgan quvvati 500 MVtli quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun Qorovulbozor hududidan 996 gektar yer maydonlari tanlab olingan.

«Muqobil energetikani rivojlantirish bo‘yicha quyosh, shamol va suv elektr stansiyalarini barpo etish, quyosh panellari, elektr uskunalar, transformatorlar, akkumulyatorlar ishlab chiqarish, boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish va mutaxassislarni tayyorlash borasidagi loyihalardan iborat investitsiyaviy-texnologik hamkorlik dasturini amalga oshirish uchun barcha chora-tadbirlar belgilab olindi. Quyosh fotoelektr stansiyasi loyihasi 2024 sentyabrida to‘liq quvvatda ish boshlaydi. Joriy yil yakunigacha dastlabki 200 megavatt quvvatlar ishga tushiriladi. Bu stansiya to‘liq quvvatga chiqqandan keyin yiliga 1,3 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqaradi va Buxoro xalqi ehtiyojining 30 foizini qoplaydi», — dedi Buxoro hokimi Botir Zaripov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring