Buxoroda shamol tufayli to‘xtagan korxonalar to‘la quvvatda ishlay boshladi — «O‘zbekneftgaz»

Tabiiy ofat natijasida joriy yilning 27 aprel kuni Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi ayrim neft va gaz ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati vaqtincha to‘xtagani haqida xabar qilgan edik.
«O‘zbekneftgaz» AJ va «O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» AJning malakali mutaxassislari hamkorligida qilingan ta’mirlash va tiklash ishlari natijasida yuqori kuchlanishli elektr energiyasi Buxoro 110 KVt L-Gazli-2 podstansiyasiga berildi va 29 aprel kuni soat 03:00 dan boshlab «Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ga qarashli «Uchqir» gazni oltingugurtdan tozalash qurilmasidagi barcha texnologik tarmoqlar va yuqori bosimli bug‘ yetkazib berish qozonlari qayta ishga tushirildi.
Markaziy ishlab chiqarish dispetcherlik departamentining ma’lum qilishicha, hozirda qurilmalar to‘liq ish rejimida faoliyat yurita boshladi hamda «O‘ztransgaz» AJ magistral gaz quvurlariga soatiga 450 ming.kub metr tabiiy gaz yetkazib berish qayta tiklandi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter