Chendu-Toshkent yo‘nalishida parvozlar yo‘lga qo‘yildi

Xitoyning «Zhejiang Loong Airlines» aviakompaniyasi 10-yanvar kunidan e’tiboran Chendu – Toshkent yo‘nalishida parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ushbu yo‘nalishda aviakompaniya parvozlarni haftasiga uch marotaba bajarishni rejalashtirigan. Chendu – Toshkent yo‘nalishida ilk parvozni amalga oshirgan «Zhejiang Loong Airlines» aviakompaniyasining reysi bugun mahalliy vaqt bilan soat 18:10 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nadi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 27-sentyabr kunidan e’tiboran Xitoyning mazkur aviakompaniyasi Sian shahridan Toshkentga charter reyslarni amalga oshirishni boshlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas