Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat budjeti daromadlari o‘tgan yilgidan 8 trln so‘mga ko‘paydi

Davlat budjeti daromadlari o‘tgan yilgidan 8 trln so‘mga ko‘paydi

Foto: Senat axborot xizmati

Bu haqda Senat yalpi majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov ma’lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2021 yil yakunlari bo‘yicha ijrosi va 2022 yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti muhokama qilindi.

Unda respublikamizda amalga oshirilgan samarali fiskal va monetar siyosat natijasida iqtisodiyotimizni o‘sish suratlari 2021 yilda 7,4 foizni tashkil etgani, 2022 yilning I choragida yalpi ichki mahsulot hajmini 5,8 foizga o‘sishi ta’minlangani qayd etidi.

Davlat budjeti daromadlari hajmi 2021 yilda oldingi yilga nisbatan deyarli 32 trln so‘mga o‘sgan. Joriy yilning birinchi choragida ham ijobiy o‘sish suratlari saqlanib qolingan.

2022 yilning I choragida Davlat budjeti daromadlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 trln so‘mga ko‘paygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring