Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dollar rasmiy kursi «qulamoqda», amalda-chi?

Dollar rasmiy kursi «qulamoqda», amalda-chi?

Foto: Xabar.uz

Markaziy bank 10-sentyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra AQSh dollarining rasmiy kursi 14,77 so‘mga tushib, 10 668,09 so‘mni tashkil etdi.

Yevro kursi ham pasaydi (-0,39) va 12 623,55 so‘m bo‘ldi.

Bir Rossiya rubli +0,58 so‘mga qimmatlab, 146,04 so‘mga yetdi.

Lekin tijorat banklarda dollar kursi rasmiysidan birmuncha yuqori. Kecha banklarda bu ko‘rsatkich 10 750 so‘mga yetgan. Bugun esa sotish narxi 10700 - 10 730 so‘mgacha tushgan. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring