Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dollar tez orada keskin ko‘tarilishi mumkinligi aytildi

Dollar tez orada keskin ko‘tarilishi mumkinligi aytildi

Foto: Xabar.uz

Kelgusi yilda 1 AQSh dollarining o‘rtacha yillik qiymati 11 000 so‘mdan oshadi.

Bu haqda Hisob palatasi 2022-yilgi davlat budjeti loyihasini o‘rganish yakunlari bo‘yicha o‘z prognozida e’lon qildi.

Valyuta kursidan tashqari, budjet daromadlariga ta’sir ko‘rsatadigan oltin, kumush, mis, eksport qilinadigan tabiiy gaz tannarxining o‘rtacha qiymatlari ham xulosada ko‘rsatilgan.

Avvalroq, ba’zi tijorat banklarida dollarni sotib olish 10 660 - 10 730 so‘mni, sotish kursi esa 10 750 - 10 770 so‘mgacha oshgani xabar berilgandi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring