Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Endi bizga faqat paxta, g‘alla deb yuraveradigan hokimlar kerak emas» — Shavkat Mirziyoyev

«Endi bizga faqat paxta, g‘alla deb yuraveradigan hokimlar kerak emas» — Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Nurafshon shahrida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabrikladi. Toshkent viloyati mamlakatimiz taraqqiyotida yetakchi o‘rin tutishini ta’kidladi.

— Toshkent viloyatida sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ulkan salohiyat bor. Shuning uchun viloyatga juda katta marra qo‘yganmiz. Lekin, shunga yarasha natija sezilmayapti, o‘rta bo‘g‘in rahbarlari «aravani tortolmayapti». Endi bizga faqat paxta, g‘alla deb yuraveradigan hokimlar kerak emas. Paxta bilan g‘allani manfaat qilishi kerak. Hokim esa hozirgi zamonga munosib, ustuvor yo‘nalishlarni yaxshi biladigan va joy-joyiga qo‘yadigan, viloyatdagi 2 million 994 ming aholini rozi qiladigan bo‘lishi zarur, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Davlatimiz rahbari Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Davron Xidoyatov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

Xalq deputatlari, viloyat faollari so‘zga chiqib, nomzod haqida fikrlarini bildirdi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Davron Xidoyatov Toshkent viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring