Eng arzon go‘sht qayerda? Bozor narxlari o‘rganildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi poytaxtimiz bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi.
Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 17 mart holatidagi narxlari e’lon qilindi.
Mol go‘shti
28 000 so‘mdan – 42 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori, Farhod dehqon bozori (ikkalasi Toshkent) va Navoiy shahri “Saxovat” MChJga qarashli Markaziy dehqon bozorida,hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx poytaxtimizdagi Yunusobod, Mirobod bozorida qayd etilgan – 34 000 – 42 000 so‘m.
Qo‘y go‘shti
28 000 so‘mdan – 43 000 so‘mgacha
Eng arzon narx 1 kg.qo‘y go‘shti uchun Farhod dehqon bozori, Chorsu dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz qo‘y go‘shtini 28 000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx yana o‘sha Yunusobod dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti 34 000 – 43 000 so‘mga.
Tovuq go‘shti
12 000 so‘mdan – 21 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Buxorodagi markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000 so‘m.
Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 18 000 – 21 000 so‘m
Guruch
3 000 so‘mdan – 14 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Surxondaryo viloyatidagi Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 3 000 – 14 000 so‘m.
E’tiborlisi eng qimmat narx ham aynan shu yerda, Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 3 000 – 14 000 so‘m.
O‘simlik yog‘i
8 500 so‘mdan – 12 500 so‘mgacha
Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtimizdagi “Farhod” dehqon bozori va Farg‘onada Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 8 500 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx ham poytaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 12 500 so‘mgacha.
Un
1 700 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha
Eng arzon un Toshkentning “Qo‘yliq” dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kg. uchun 1 700 – 3 350 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kg. 1-navli un uchun narx 1 500 so‘mdan.
Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun Mirobod dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori, Xorazmdagi Urganch Mrkaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 so‘mgacha.
Shakar
4 300 so‘mdan – 5 500 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200 so‘m.
1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Markaziy dehqon bozori, Farg‘ona markaziy dehqon bozori hamda Xorazmda Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 5 500 so‘m.
Tuxum
300 so‘mdan – 650 so‘mgacha
Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 300 - 650 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.
Kartoshka
1 100 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha
Eng arzon narx poytaxtdagi ”Chorsu” dehqon bozorida qayd etildi – 1 100 so‘mdan – 2 200 so‘mgacha.
1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx ham Toshkentda ”Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 1 200 – 3 000 so‘mgacha.
Pomidor
5 000 so‘mdan – 18 000 so‘mgacha
Eng arzon narx “Chorsu” dehqon bozorida kuzatildi – 5 000 so‘mdan - 15 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx esa Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 7 000 – 18 000 so‘mgacha.
Xo‘jalik sovuni
1 500 so‘mdan – 3 500 so‘mgacha
Eng arzon narx Farg‘onadagi Markaziy dehqon bozorida, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on dehqon bozori”da kuzatildi. Ushbu bozorlarda siz xo‘jalik sovunini 1 500 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Jizzax shahridagi, Namangan shahridagi va Xorazmning Urganch shaharlaridagi Markaziy dehqon bozorlarida qayd etildi – 3 000 – 3 500 so‘mgacha.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter