«Fitch Ratings» «O‘zmilliybank» AJning barqarorlik reytingini «b+» darajasiga oshirdi
«Fitch Ratings» xalqaro reyting agentligi (keyingi o‘rinlarda – «Fitch») «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ (keyingi o‘rinlarda – «O‘zmilliybank» AJ)ning barqarorlik reytingini «b» dan «b+» darajasiga ko‘tardi. Emitentning xorijiy va milliy valyutalardagi uzoq muddatli defolt reytingi «Barqaror» prognozi bilan «BB-» darajasida tasdiqlandi.
«Fitch» agentligining tahliliy hisobotida qayd etilishicha, reytingning oshirilishi bank faoliyatining biznes jarayonlarini kuchaytirish va faoliyatini diversifikatsiya qilishga qaratilgan muvaffaqiyatli transformatsiyasi natijasida bo‘ldi.
Reyting agentligining qaroriga ta’sir qilgan asosiy jihatlar qatorida quyidagilar qayd etilgan:
• biznes-jarayonlarni boshqarishga zamonaviy yondashuvlarni muvaffaqiyatli joriy etish, bu esa operatsion samaradorlikni oshirishga imkoniyat yaratdi;
• tijoratga yo‘naltirilgan faoliyat yo‘nalishlarini, jumladan kichik va o‘rta biznes, xususiy sektor va chakana kreditlashni rivojlantirishga e’tibor qaratildi;
• aktivlar sifatini tizimli ravishda yaxshilash va kapitalizatsiyaning barqarorligini ta’minlash.
Transformatsiyani qo‘llab-quvvatlash va yangi biznes-strategiya
Bank xizmatlar diversifikatsiyalangan portfelini faol rivojlantirmoqda: davlat korxonalari ulushi kamayib bormoqda, bu esa kichik va o‘rta biznes hamda chakana xizmatlar segmentlarida kreditlashning ko‘payishi bilan birga olib borilmoqda. «O‘zmilliybank» AJ 2023 yilda daromadlarining ijobiy dinamikasiga erishdi, jumladan valyuta operatsiyalari bo‘yicha tushumlarning sezilarli o‘sishini ko‘rsatdi.
Davlat qo‘llab-quvvatlashi bankning strategik tashabbuslarini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi, biroq o‘zgarishlarning asosiy omili innovatsiyalarga urg‘u berish va mijozga yo‘naltirilgan yondashuvga qayta yo‘naltirishdir. Bu nafaqat bozordagi mavqeni mustahkamlashga, balki xalqaro reyting agentliklarining ishonchini oshirish imkonini berdi.
Reyting oshirilishining ahamiyati
«Fitch» agentligining qarori «O‘zmilliybank» AJning ishonchliligini hamda uning O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishidagi yetakchi o‘rnini tasdiqladi. Bu esa, bankning investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarini amalga oshirish, biznesni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va mamlakatning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasini ta’kidlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter