Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hududlarda 33 mingta transformator eskirgani ma’lum qilindi

Hududlarda 33 mingta transformator eskirgani ma’lum qilindi

Yig‘ilishda energetika tizimining kuz-qish mavsumiga tayyorligi ko‘rib chiqildi.

So‘nggi besh yilda tarmoq va transformatorlarni modernizatsiya qilishga 4 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgani ta’kidlandi.

Lekin, ayrim viloyat hokimlari o‘zlari harakat qilib, mahallalarda transformator va tarmoqlarni yaxshilashga, kuz-qishni betalafot o‘tkazish uchun mablag‘lar, transformator, sim va boshqa ehtiyot qismlar zaxirasini shakllantirishga yetarli e’tibor qaratmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Umuman, hududlardagi 33 mingta transformator, 122 ming kilometr elektr tarmoqlari eskirgan, oqibatda ishlab chiqarilgan elektrning 12 foizi yo‘qotilgan. 20 ta tumanda elektr yo‘qotishlari hajmi respublika ko‘rsatkichidan 1,5 barobar yuqori.

Shu munosabat bilan Energetika vazirligiga hududlarda eskirgan transformator va tarmoqlarni yangilash bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish, viloyat hokimlari va prokurorlariga dasturni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

2026 yilga borib jami yo‘qotishlar hajmini 8 foizga tushirish shartligi ta’kidlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring