Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Islom taraqqiyot bankining yillik yig‘ilishi Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda

Islom taraqqiyot bankining yillik yig‘ilishi Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda

Foto: «Dinarvets.com»

1-4-sentyabr kunlari Toshkentdagi Xalqaro Kongress markazida Islom taraqqiyot banki (IsDB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda ishtirok etish uchun ITB guruhiga kiruvchi 57 mamlakatdan vazirlar va rasmiylar, shuningdek, 2000 dan ortiq yirik biznes vakillari, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi — ITBga a’zo mamlakatlarning pandemiyadan keyin ijtimoiy va iqtisodiy tiklanishi. Asosiy tadbirlardan tashqari, iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, islom moliyasi mavzularida qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkaziladi.

ITBning Toshkentdagi yig‘ilishi pandemiya boshlanganidan buyon xalqaro miqyosdagi birinchi yirik offlayn tadbir hisoblanadi.

«Bank tashkil etilganidan buyon ko‘p tomonlama hamkorlik Bank missiyasining muhim vazifasi hisoblanadi. Bugungi kunda, har qachongidan ham, Islom mamlakatlari va umuman xalqaro hamjamiyat oldida millionlab odamlarning iqtisodiy rivojlanish afzalliklaridan bahramand bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan murakkab global muammolar turibdi, — dedi Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad Sulaymon Al-Jasser. — Bu yilgi yillik yig‘ilish bank a’zo mamlakatlariga ushbu muammolarni hal qilish uchun umumiy kun tartibini ishlab chiqish uchun imkoniyat yaratadi».

2016-yildan buyon O‘zbekiston rahbariyati ko‘p vektorli siyosatga sodiq qolgan holda ITB bilan hamkorlikni kengaytirishda davom etmoqda. Bank Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi aynan Toshkentda bo‘lib o‘tishi ham ushbu hamkorlikning samarasidir. Shu kungacha ITB O‘zbekistonda turli sohalarda 100 dan ortiq loyihalarni qo‘llab-quvvatladi.

Islom taraqqiyot banki (IsDB) guruhi haqida

Islom taraqqiyot banki guruhi tarkibiga Islom taraqqiyot banki, Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi, Xalqaro islom savdo va moliya korporatsiyasi, Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash bo‘yicha islom korporatsiyasi hamda Islom tadqiqot va malaka oshirish instituti kiradi. Bank 1974-yilda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida tashkil etilgan.

Dunyoning 57 mamlakati ITB guruhiga a’zo bo‘lib, tashkilot faoliyati iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida yirik infratuzilma va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirishdan iborat.

Yig‘ilish haqida batafsil ma’lumot va tadbirlar dasturi https://isdb-am.org saytida yangilanib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring