Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubi-g‘arbiy Hisorda geologik-qidiruv ishlar amalga oshirilmoqda

Janubi-g‘arbiy Hisorda geologik-qidiruv ishlar amalga oshirilmoqda

«O‘zbekneftgaz» AJ va Janubiy Koreyaning «Knoc Fergana operating» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Dexqonobod» va «Toshqo‘rg‘on» investitsiya bloklarida geologik-qidiruv ishlari boshlandi.

Ushbu investitsion loyiha doirasida quyidagi ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:

— eski seysmik ma’lumotlarni qayta formatlash 1036,95 pog.km hajmida (rejada 600 pog.km.) va ularni qayta ishlash 802,3 pog.km hajmida (rejada 600 pog.km);

— geologik ma’lumotlarni o‘rganish hamda «Dehqonobod2 » va «Toshqo‘rg‘on» bloklari va unga tutash hudud materiallarini deshifirlashtirish;

- 506,4 pog.km hajmida seysmik qidiruv ishlari (rejada 500 pog.km) va tegishli bo‘lgan ishlar (atrof-muhit monitoringi, ish sifatini nazorat qilish) yakunlandi.

Hozirgi kunda loyiha bo‘yicha 500 pog.km miqdorida yangi 2D seysmik ma’lumotlarning talqini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Janubiy-G‘arbiy Hisor mintaqasining «Dehqonobod» va «Toshqo‘rg‘on» investitsiya bloklari doirasidagi havzalarni modellashtirish ishlar amalga oshirilmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring