«Janubiy kemachi» konidagi 119-sonli quduqdan tabiiy gaz va gazkondensati olindi

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi «Janubiy kemachi» koni 119-sonli quduqda suv yo‘lini to‘sish va mahsuldor qatlamni perforatsiya qilish maqsadida quduqda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Quduqni o‘zlashtirish natijasida kunlik 45 ming metr kub sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 0,5 tonna gazkondensati olishga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ushbu konning 157-sonli qudug‘ida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirish natijasida kunlik 50 ming metr kub sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 0,7 tonna gazkondensati olingani haqida xabar bergan edik.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter