Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi kurashda muhim mahsulot yetkazayotgan «Navoiyazot»ga yangi rahbar tayinlandi

Koronavirusga qarshi kurashda muhim mahsulot yetkazayotgan «Navoiyazot»ga yangi rahbar tayinlandi

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan kimyo, agrotexnika va avtomobil sanoati korxonalarida ishlab chiqarish sur’atlarini ta’minlash hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida mamlakatimiz kimyo sanoati mavjud quvvatlarni saqlab qolish bilan birga yangi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun barcha imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmayotganligiga tanqidiy baho berildi.

Ushbu videoselektor yig‘ilishida ta’kidlangan masalalar yuzasidan «O‘zkimyosanoat» AJ va tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ijrosi bo‘yicha «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni «O‘zkimyosanoat» AJ Boshqaruv raisi Jo‘rabek Mirzamaxmudov olib bordi va kun tartibiga muvofiq tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi.

«Navoiyazot» AJ Boshqaruv raisi Sharipov Bahodir Mavlonovich boshqa ishga o‘tganligi sababli, «Navoiyazot»AJ Boshqaruv raisi vazifasini bajarish «O‘zkimyosanoat» AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Temirov Odil Shukurovichga yuklatildi. O.Temirov bir vaqtning o‘zida Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyatini davom ettiradi.

«O‘zkimyosanoat» AJ Boshqaruv raisi J.Mirzamaxmudov korxona aksiyadorlari va ishchi-xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda yaqin bir oyda «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatidagi polivinilxlorid korxonasi quvvatini 90 foizga yetkazish, azot kislotasi ishlab chiqarish loyihasini foydalanishga topshirish vazifasini amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etish lozimligi haqida alohida ta’kidlab o‘tdi. «Navoiyazot»AJ tomonidan barcha investitsiya loyihalarini belgilangan muddatlarda topshirish, mahalliylashtirish dasturi asosida yangi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash, ichki bozor ehtiyojlarini qondirish masalasiga e’tibor qaratish, sarf-harajatlarni kamaytirish orqali mahsulotlar tannarxini pasaytirish hamda korxonaning eksport salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha muhokamalar olib borildi va ushbu vazifalarining ijrosini ta’minlash buyicha aniq ko‘satmalar berildi.

Shuningdek, hozirgi epidemiologik vaziyat bois tozalash va dezinfeksiya vositalariga talab oshganligi, xususan, qo‘shni davlatlardan 2 ming tonna gipoxloritga buyurtma kelib tushganligi hamda tog‘-kon metallurgiya sanoati uchun muhim bo‘lgan sianid tuzlariga ham ehtiyoj ortayotganligi bois imkoniyatlarni to‘liq safarbar etish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirish, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi loyihalar tayyorlash yuzasidan berilgan ko‘rsatmalar ijrosiga e’tibor qaratish lozimligi ham ta’kidlab o‘tildi.
«O‘zkimyosanoat» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring