Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kudbiyev: anomal sovuq paytida tadbirkorlarga 13 trln so‘mlik kreditlar ajratilgan

Kudbiyev: anomal sovuq paytida tadbirkorlarga 13 trln so‘mlik kreditlar ajratilgan

Oliy Majlis Quyi palatasida bugun, 14 iyun kuni deputatlar Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2022 yildagi hamda 2023 yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar eshitishdi.

Majlisda deputatlarga hisobot taqdim qilgan Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyevning bildirishicha, O‘zbekiston iqtisodiyotida joriy yilda ham yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari ta’minlanib, 2023 yilning I choragida yalpi ichki mahsulot hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,5 foizga o‘sgan.

”Hisobot davrida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida anomal sovuq va energiya inqirozidan talafot ko‘rgan tadbirkorlik sub’yektlariga 13 trln so‘mlik kreditlar ajratilgan, 1 210 ta tadbirkorning kredit to‘lov bo‘yicha qarzdorlik muddatlari uzaytirilgan va ularga soliq qarzini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan”, – deydi vazir o‘z hisobotida.

Kudbiyev, shuningdek, global miqyosdagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat bilan bog‘liq keskinliklar kuzatilayotgan bir vaqtda O‘zbekistonda Davlat budjeti barqarorligini ta’minlashga erishilayotganini ta’kidlaydi.

“Davlat budjeti daromadlari hisobot davrida rejaga nisbatan 102,8 foizga yoki 1,3 trln so‘mga oshirib bajarildi. Iqtisodiyotda soliq yukining pasayganligi evaziga tadbirkorlar faolligining oshishi hamda investitsiyaviy faollikning kuchayishi budjet daromadlari barqarorligini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi”, – deydi o‘z hisobotlariga tayanib Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring