Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank raisi pulni tejash uchun oddiy fuqarolarga maslahat berdi

Markaziy bank raisi pulni tejash uchun oddiy fuqarolarga maslahat berdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratovdan pulni tejash bo‘yicha masalahat so‘raldi.

«Eng muhimi, noaniqlik sharoitida vahima uyg‘otmaslik va shoshib o‘ylamasdan qarorlar qabul qilmaslik kerak. Tarix shuni ko‘rsatadiki, vahima keltirib chiqaradigan iqtisodiy yo‘qotishlar iqtisodiy shoklarning o‘zidan bir necha barobar ko‘p bo‘lishi mumkin, bu muhim sababdir.

Banklarimiz tomonidan taklif etilayotgan milliy valyutadagi omonatlar shartlari va foiz stavkalari jozibador hisoblanadi. Mamlakatimizda inflyasiya darajasi, ayirboshlash kursi dinamikasi va omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari orasidagi ijobiylikni hisobga olsak, mablag‘larni milliy valyutada uzoq muddat saqlash to‘g‘ri qarordir.

Har qanday holatda barcha omonatchilarga mablag‘larning to‘liq qaytarilishi davlat tomonidan kafolatlanadi», dedi Mamarizo Nurmuratov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring