Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank yangi pullarni muomalaga chiqardi

Markaziy bank yangi pullarni muomalaga chiqardi

Foto:«Yangi O‘zbekiston»

Bugundan yangi namunadagi 50 ming va 100 ming so‘mlik kupyuralar muomalaga chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 15-dekabr kuni Markaziy bank yangi ko‘rinishdagi kupyuralarni namoyish etgandi. 

Mazkur banknotlar mavzusi (tematikasi) «Buyuk Ipak yo‘li» hamda mamlakatimiz hududidagi Surxondaryo va Xorazm viloyatlarining qadimiy tarixiga bag‘ishlangan.

Keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda 50 000 so‘mlik banknot namunasining old tomonida «Al-Hakim at-Termiziy» maqbarasi tasviri tushirilganligi, ammo maqbara nomi «Abu Iso at-Termiziy» deb xato yozilgani keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Markaziy bank banknotlar muomalaga chiqarilishidan oldin uning namunasida aniqlangan texnik xatolik bartaraf etilib, maqbaraning nomi to‘g‘ri qayd etilishini ma’lum qilgandi.

Ta’kidlash kerakki, 2017 yil va 2019 yil namunasidagi 50 000 so‘mlik va 100 000 so‘mlik banknotlar ham to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring