Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mobil banking» rivojlanmoqda. «Xalq Mobile» ham qator qulayliklarga ega

«Mobil banking» rivojlanmoqda. «Xalq Mobile» ham qator qulayliklarga ega

Pensiya va nafaqalar Xalq banki tomonidan aholiga naqd pul ko‘rinishida, har oyning 27-sanasigacha tarqatib kelinmoqda.

Foto: «Xabar.uz»

Poytaxtimizdagi «Ko‘rgazmasavdo markazi» majmuida an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan «BankExpo-2018» milliy ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Ko‘rgazmada mamlakatimizning barcha tijorat banklari qatori aksiyadorlik tijorat Xalq banki ham o‘zining eng yangi texnologiyalari va xizmatlarini namoyish etmoqda.

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki joriy «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da ham barqarorligini ta’minlash, aholi ishonchini mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda, zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish borasidagi ishlarni amalga oshirib kelmoqda.   

2018-yilning 1-aprel holatiga bankning jami kapitali 1 416,0 mlrd. so‘mni, ustav kapitali esa 1 043,7 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda.

Bankning jami aktivlari 5 777,0 mlrd. so‘mni, kredit portfeli esa 3 061,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Aholidan jalb qilingan omonatlar miqdori 2 937,9 mlrd. so‘mni, jami depozitlar qoldig‘i esa 3 532,5 mlrd. so‘mni tashkil qilmoqda.  

Bugungi kunda yurtimizning barcha tuman va shaharlarida bankning 198 ta filiallari, 29 ta minibanklari, 202 ta jamg‘arma kassalari, 568 ta maxsus kassalari, 186 ta xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari, 110 dan ortiq infokiosk va bankomatlar, qariyb 30 ming 248 dona to‘lov terminallari mijozlar uchun xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi «Pensiya va nafaqalar to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan pensiya va nafaqalar Xalq banki tomonidan aholiga naqd pul ko‘rinishida, har oyning 27-sanasigacha tarqatib kelinmoqda.  

O‘tgan davrda ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq bankining barcha hududiy va tuman (shahar) filiallarida pensiya va nafaqa to‘lovlari bo‘limi tashkil etildi. 2 000 ta sayyor kassa, 4 000 nafar kassir va buxgalter nazoratchi shtat birliklari ochilib, xodimlar ishga qabul qilindi.

Shu bilan birga, bank tomonidan 590 ta «Damas» rusumli va 10 ta «UAZ» rusumli (tog‘li va cho‘l zonalari uchun) avtomashinalar sotib olinib, filial ehtiyojlariga qarab hududlarga yetkazildi. Pensiya va nafaqa to‘lovlarini tarqatish bo‘yicha dislokatsiya (maxsus joylar) va tarqatish kunlari bo‘yicha grafiklar ishlab chiqilib, shu bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Pensionerlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Xalq banki Boshqaruvi tomonidan sayyor kassalarida 2000 ta planshet uskunasi sotib olinib, hududlarga yetkazib berildi.

Xalq banki tomonidan yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholining bandligini ta’minlash doirasidagi loyihalarni moliyalashtirishga doimo e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, joriy yilning birinchi choragida 609 nafar jismoniy shaxsga 4,9 mlrd. so‘mlik kredit berildi.

Internet banking»va «Mobil banking» tizimlarini joriy etilgani moliya muassasasi faoliyati samaradorligini oshirish bilan birga, mijoz uchun ham qo‘shimcha qulayliklar yaratayapti. Gap shundaki, mijoz o‘z hisob varag‘i bo‘yicha amallarni bankka bormasdan, xohlagan joyda turib, istagan vaqtda internet orqali bajarishi, ya’ni  hisob varag‘idagi mablag‘larni o‘tkazish, ularning holati, mablag‘ning kelib tushishi, to‘lovlarning aks etishiga  doir ma’lumotlarni olishi mumkin.

Xalq banki tomonidan zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llab-quvatlash hamda mijozlarga keng ko‘lamdagi hizmatlarni taqdim etish maqsadida jismoniy shaxslar uchun «Xalq Mobile» mobil banking ilovasi ishlab chiqilgan bo‘lib, mobil banking ilovasining qulayliklari quyidagilardan iborat:

  • Mijozlar Xalq banki filiallarida ochilgan Visa kartalariga o‘zlarining to‘lov kartalari orqali istalgan joyda ushbu ilova orqali onlayn konvertatsiya qilish imkoniyatlari mavjud
  • Ushbu ilova orqali istalgan to‘lovlarni to‘lash imkoniyatlari mavjud
  • Mijoz o‘z kredit to‘lovlarini so‘ndirish va kredit to‘lovlari va omonatlariga hisoblangan foizlarni onlayn kuzatib borish imkoniyatlari mavjud
  • Mijoz o‘zining Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minot tizimidagi hisob raqamlari holati va tushgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlarni onlayn kuzatib borish imkoniyati mavjud.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring