Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mol olib kelinadi va ko‘paytiriladi

Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mol olib kelinadi va ko‘paytiriladi

Illyustrativ foto

Prezident qarori bilan 2025–2026-yillarda Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollar olib kelinadi va mahalliy sharoitda naslchilik-seleksiya ishlari yordamida ko‘paytirish orqali ularning soni 2029-yil yakuniga qadar 1 mln boshga yetkaziladi.

2025-yil 1-avgustdan 2027-yil 31-dekabrga qadar Mo‘g‘ulistondan mayda shoxli mollarni O‘zbekistonga import qilishda tadbirkorlik subyektlariga:

  • havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilinadi;
  • QQSni to‘lash muddatini foizlar hisoblanmagan holda to‘lov ta’minotisiz kechiktirib to‘lash imkoniyati beriladi.

Mo‘g‘ulistondan mayda shoxli mollarni O‘zbekistonga import qilishda:

  • chorvachilik yo‘nalishida jalb qilingan xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘larini tadbirkorlik subyektlariga yillik 10 foiz stavkada (shundan 3 foiz bank marjasi) 5 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan ajratiladi;
  • tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kredit mablag‘lari uchun sug‘urta mexanizmidan foydalangan holda mol-mulk garov ta’minotini 50 foizgacha etib belgilanadi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring