Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muborakda tabiiy gaz olinadigan yangi quduq ochildi

Muborakda tabiiy gaz olinadigan yangi quduq ochildi

«O‘zbekneftgaz» AJ Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Alan» gazkondensat konidagi 204-sonli quduqda burg‘ulash ishlari tugatilib, quduqqa 2762-2940 m intervallar oralig‘ida filtr tushirildi.

Quduqni o‘zlashtirish ishlaridan so‘ng, kunlik 120 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 2,8 t gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun: «Alan» gazkondensat koni Kashkadaryo viloyatining Mirishkor tumanida joylashgan bo‘lib, 1979 yilda ishga tushirilgan.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring