Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noqonuniy vositalar: O‘zbekistonda muqobil tamaki mahsulotlarini markirovkalash kuchga kirdi

Noqonuniy vositalar: O‘zbekistonda muqobil tamaki mahsulotlarini markirovkalash kuchga kirdi

Tamaki bozorini tartibga solish masalasi dunyoning ko‘plab mamlakatlari uchun muhim ahamiyatga ega. Chekuvchi aholining ulushi 9 foizni (1) tashkil etgan O‘zbekiston uchun bu vazifa ustuvor hisoblanadi. Bu, bir tomondan, bozorni qalbakilashtirish va kontrabandadan himoya qilish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, fuqarolar salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi muhim qadamdir. Yashirin ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari hech qanday talab va standartlarga javob bermaydi. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda iste’molchilar tamaki mahsulotlarining yangi (alternativ) turlariga o‘tmoqdalar: elektron sigaretalar va isitiladigan tamaki shular jumlasidan.

Bozorni oqlash va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish maqsadida hukumat qarori bilan tamaki mahsulotlarining yangi turlarini markirovkalash tizimini kengaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining 833-son qaroriga asosan tamaki bozorini raqamlashtirish 2021 yil 1 yanvardan boshlangan va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 1-oktyabrdan alternativ tamaki mahsulotlarini raqamli markirovkalash kuchga kiradi.

«Asl belgisi» milliy markirovkalash tizimi operatorining «Tamaki mahsulotlari» mahsulotlari guruhi menejeri Fazliddin Saydullayev alternativ tamaki mahsulotlarini markirovkalash loyihasi qanday amalga oshirilishi va bozorda uning qanday turlari borligi haqida gapirib berdi.

Bozorni tartibga solishning boshlanishi

2020 yil 31 dekabrdagi 833-son qarorining 3-ilovasi Tamaki mahsulotlarini markirovkalash qoidalariga bag‘ishlangan, unga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan boshlab tamaki bozorini raqamlashtirish boshlandi. Ayni paytda markirovkali tamaki mahsulotlari bilan 6695 ta bozor ishtirokchilari (ishlab chiqaruvchilar, importchilar, ulgurji va chakana savdo vakillari) ishlamoqda.

O‘tgan yilning oxirida Qarorga o‘zgartirishlar kiritildi va agar ilgari faqat sigaretalar markirovkalanishi kerak bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan yili raqamli markirovkalash tamaki mahsulotlarining barcha turlariga – chekiladigan va chekilmaydigan tamakiga qo‘llanilishi kerakligi to‘g‘risida o‘zgartirishlar kiritildi.

Ular, shuningdek, tamaki mahsulotlarining barcha alternativ turlarini o‘z ichiga oladi: elektron sigaretalar va ularga quvvat beruvchi nikotinli suyuqliklar.

2022 yil 1 oktyabr – barcha turdagi tamaki mahsulotlari uchun majburiy markirovka boshlanishi, ya’ni respublika hududida ishlab chiqariladigan yoki import qilinadigan barcha mahsulotlar qadog‘ida «Asl belgisi» tizimida ro‘yxatdan o‘tgan Data Matrix kodiga ega bo‘lishi kerak.

1 oktyabrdan nimalar markirovkalanadi?

3-ilovada majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan tamaki mahsulotlari turlari ro‘yxati keltirilgan:

• filtrli sigaretalar;
• filtrsiz sigaretalar;
• boshqa turdagi tamaki mahsulotlari;
• chekilmaydigan tamaki mahsulotlari;
• nikotinli tamakisiz snyus, nikotinli suyuqlik va nikotinli elektron sigaretalar.

Markirovkaning bosqichma-bosqich joriy qilinishi

Eslatib o‘tamiz, 1 oktyabrdan faqatgina tamaki mahsulotlarini markirovkalash bosqichi boshlanadi. Elektron kuzatuv ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun 6 oydan keyin (2023 yil 1 mart), ulgurji va chakana savdo bo‘g‘ini uchun 9 oydan keyin (2023 yil 1 iyun) boshlanadi.

Vazirlar Mahkamasi bozor ishtirokchilariga barcha markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish imkoniyatini berdi. Buning uchun 1 yil vaqt ajratilgan. 1 oktyabrgacha markirovkalash kodlarisiz ishlab chiqarilgan mahsulotlar 12 oy ichida (2023 yil 30 sentyabrgacha) keyingi aylanmaga kiritiladi. Shuningdek, muayyan bosqichma-bosqichlik ham nazarda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar va importchilar markirovkalanmagan mahsulotlarni 3-6 oy ichida, chakana savdo bo‘g‘ini bo‘yicha esa 2023 yil 30 sentyabrgacha balansidan olib tashlashlari shart. Keyinchalik hamma oxirgi daqiqada qoldiqlarni chakana savdoga o‘tkazishlari va chakana savdo o‘z navbatida bu hajmni bir kunda sota olmay qolishlari kabi holatlar yuzaga kelmasligi kerak.

Bozorning tayyorgarligi



Birinchi navbatda barcha turdagi tamaki mahsulotlarini markirovkalashni boshlashga «UZBAT A.O.» AJ QK va «Tashkent Tabacco Distribution» MChJ kabi yirik ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchi korxonalar qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Jarayonga kichik importchilar masalan, sigara va boshqa tamaki mahsulotlarini yetkazib beruvchilar ham qo‘shilishadi. Ushbu mahsulotlar bozori nisbatan kichik, ammo shunga qaramay u mavjud va bu mahsulot raqamli markirovkalanishga qo‘shiladi.

Soliq va bojxona qo‘mitalari mutaxassislari majburiy markirovkalashni boshlashga tayyorgarlik ko‘rishda faol yordam bermoqda. Masalan, bojxona qo‘mitasi ushbu mahsulotlarni import qiluvchi sub’yektlar ro‘yxatini tuzishga yordam berdi. Soliq qo‘mitasi ushbu sub’yektlar bilan faol hamkorlik qilmoqda – import qiluvchilarga mahsulotlar markirovkalanishi va faol harakat qilish zarurligi haqida ma’lumot bermoqda.

Raqamli markirovkalash MXIK’ni joriy etishni tezlashtirdi

MXIK kodlarining berilishi bo‘yicha DSQ mutaxassislari tomonidan alohida ish olib boriladi. Birinchidan, umumiy MXIK kodi tayinlanadi, masalan – elektron sigaretalar, qaysi tovar yoki mahsulot turi bo‘lishidan qat’i nazar. Hozirda ushbu jarayonning faol bosqichi davom etmoqda. Noyabr oyida MXIK reyestrida tamaki mahsulotlari alternativ turlarining har bir nomi uchun alohida kodlar bo‘lishini rejalashtirmoqdamiz.

Ushbu opsiyani faollashtirish uchun ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi birinchi navbatda markirovkalash operatori – CRPT TURON MChJga murojaat qilishi, ushbu mahsulotni «Markirovkalangan mahsulotlar katalogi»da ro‘yxatdan o‘tkazishi va shundan keyingina soliq organiga ushbu mahsulotning raqamli markirovka tizimida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgandan keyingina unga individual MXIK kodi beriladi.

Jarayonda sinergiya ko‘zga tashlanmoqda, markirovkalash joriy etilishi hisobiga jarayon tezlashmoqda, bu esa kelajakda cheklarda va hisob-fakturalarda ma’lumotlarni to‘g‘ri ko‘rsatish imkonini beradi. Eslatib o‘tamiz, iste’molchilar «Asl Belgisi» ilovasi (Android va iOS) yordamida mahsulot sifatini tekshirib, soxtani asl nusxadan ajrata olishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring