Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ochiq budjet» ning g‘oliblari e’lon qilindi

«Ochiq budjet» ning g‘oliblari e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

«Ochiq budjet» portalida «Tashabbusli budjet» jarayonining 2024-yildagi 1-mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, respublika bo‘ylab 2 254 ta mahalla bo‘yicha jami 2 770 ta loyiha g‘olib deb topildi.

Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi. 

Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 3,3 trln so‘m yo‘naltiriladi.

Ma’lumot uchun, ovoz berish jarayonlarida mamlakatimiz bo‘ylab 11,7 million nafar fuqaro ishtirok etdi.

Shu bilan birga, Qiziltepa tumanida fuqarolar majburiy ovoz to‘plashga jalb etilishi holati qayd etilgani sababli majburiy ovoz to‘plangan loyihalarga aniqlik kiritilmoqda, o‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur tuman bo‘yicha g‘olib loyihalar qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

G‘olib loyihalar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Ochiq budjet»ning ushbu mavsumi 1-fevraldan boshlangan, 13-mart kuni esa texnik nosozlik sabab to‘xtab qolgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring