Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yashil jamoat parklari» loyihalarini moliyalashtirish ovoz berish orqali tashkil etiladi

«Yashil jamoat parklari» loyihalarini moliyalashtirish ovoz berish orqali tashkil etiladi

Fuqarolar 2024 yilning 10-20 iyun kunlari «Ochiq budjet» axborot portalida «Mening bog‘im» loyihalari bo‘yicha o‘z takliflarini kiritishlari mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 26 martdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan «Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan «Mening bog‘im» loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Respublika budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi «Ochiq budjet» axborot portali orqali «yashil bog‘» va «yashil jamoat parklari» loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirilmoqda.

Joriy yilda ushbu loyihani amalga oshirish uchun jami 52 milliard so‘m mablag‘lar ajratiladi. 208 ta tuman va shaharlarga teng ulushlarda, 250 mln so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda taqsimlanadi.

Tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi ishchi guruh va Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan joriy yil 20 iyundan 23 iyungacha kelib tushgan loyihalar belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi va ovoz berishning navbatdagi bosqichiga o‘tkaziladi.

Fuqarolar 2024 yil 23 iyundan 3 iyulgacha «Ochiq budjet» portalidagi eng yaxshi loyihalar uchun ovoz berishlari mumkin.

Eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalar manzilli ro‘yxati asosida moliyalashtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring