O‘zbekiston davlat budjeti kontrabandadan aziyat chekmoqda – Davlat qanday chora ko‘ryapti va fuqarolar nima qila oladi?
700 milliardov so‘m. 2023 yilning 9 oyida O‘zbekiston davlat budjetiga aynan mana shunday salmoqli summa kelib tushmadi, chunki mamlakatda hanuz tamaki mahsulotlari kontrabandasi o‘tkir muammo bo‘lib qolmoqda. Ekspertlarning prognozlariga ko‘ra, yil oxiriga borib bu raqam 1 trillion so‘mga yetadi. O‘zbekistondagi noqonuniy tamaki bozori ko‘lami esa qariyb 25% ni tashkil qiladi.
Bu mablag‘lar davlatning ijtimoiy ehtiyojlariga yo‘naltirilishi mumkin edi. Ammo, buning o‘rniga, vijdonsiz sotuvchilar boyimoqda.
Ular aksiz solig‘i to‘lamaydilar va tegishlicha, ular sotayotgan mahsulotni belgilangan me’yorlar va standartlarga muvofiq, deyish qiyin. Hali ham poytaxt va hududlardagi ko‘cha sotuvchilari hamda qator savdo nuqtalarida xarid qilish mumkin bo‘lgan aksiz markasi yo‘q tamaki mahsulotlarini tom ma’noda sekin harakatga keluvchi bomba deb atash mumkin. Axir ular qanday ishlab chiqarilgani va tarkibida salomatlik hamda hayot uchun qanday xavfli moddalar mavjudligi noma’lum.
Qolaversa, amaliyot ko‘rsatishicha, kontrabanda sotuvchilari jinoiy to‘dalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu hol sifatsiz, sertifikatsiz tovarni tanlayotgan odamlar jinoyatga sherik bo‘layotganlarini hamda qonunbuzarlikni moliyalashtirayotganini anglatadi.
Davlat noqonuniy tamaki mahsulotiga qarshi kurashga qaratilgan qator choralarni amalga oshirmoqda. Eng yuqori miqyosda bu yo‘nalishda javobgar organlarning sa’y-harakatlarini tartibga soluvchi hujjatlar qabul qilingan. Birinchi navbatda, bu «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqalishini cheklash to‘g‘risida»gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroridir.
Joriy yilning noyabr oyida biznesni litsenziyalash to‘g‘risidagi qonunchilikka muhim o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kirituvchi Qonun imzolandi. Hujjat tamaki va alkogol sotuvchilari uchun litsenziya olishni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, endi O‘zbekistonda tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligini, chakana savdo esa – joylardagi tuman (shahar) soliq inspeksiyalarini xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi. Shuningdek, tamaki va alkogol savdosi litsenziyasi bir yil davomida takroran berilmaydigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kirdi. Litsenziat yoki ruxsat beruvchi hujjatga ega shaxs tomonidan litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari tizimli (bir yilda ikki va undan ko‘p marta) ravishda buzilganda, shuningdek, fuqaroning hayoti va salomatligiga zarar yetishiga olib kelgan, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga va atrof-muhitga ziyon keltirgan qo‘pol qonunbuzarlik bir marta ro‘y berganda, litsenziya bekor qilinadi.
Va nihoyat, O‘zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlarining salmoqli miqdordagi noqonuniy aylanmasi butkul jinoiy javobgarlikka aylanadi. Bu sohada qonunbuzarlik uchun 200–400 BHM miqdorida jarima, qo‘pol qonunbuzarlik holatlarida esa – huquqbuzarlik ashyolarini to‘liq musodara etish va 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish ko‘zda tutilgan.
Kontrabandaga qarshi kurashda mamlakatning har bir fuqarosi davlatga yordam bera oladi. Agar xaridor noqonuniy tamaki mahsulotlari sotilishiga duch kelsa, bu haqda tegishli organlarga xabar berishi mumkin. O‘zbekistonda Soliq.uz ilovasi orqali tamaki maxsulotlarining noqonuniy sotilishi haqida xabar bergan iste’molchilarni taqdirlash tizimi ishlab turibdi. Agar murakkab bo‘lmagan ariza topshirish taomilidan keyin faktlar tasdiqlansa, arizachi jarima summasidan keshbekka – kamida 2 000 000 so‘mga ega bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter