O‘zbekiston importida qaysi mahsulotlar ulushi yuqori?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning import hajmi 29,6 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 17,8 foizga oshgan.
Import tarkibi quyidagicha (AQSh dollarida):
- Mashinalar va transport asbob-uskunalari — $9,7 mlrd (+20,0 foiz);
- Sanoat tovarlari — $4,4 mlrd (+10,1 foiz);
- Xizmatlar — $3,6 mlrd (+13,3 foiz);
- Kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar — $3,6 mlrd (+15,6 foiz);
- Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — $3,3 mlrd (+41,9 foiz);
- Mineral yoqilg‘i, moylash materiallari va shunga o‘xshash materiallar — $2,5 mlrd (+10,7 foiz);
- Turli xil tayyor buyumlar — $1,0 mlrd (+14,0 foiz);
- Nooziq-ovqat xomashyo, yoqilg‘idan tashqari — $909,8 mln (+14,1 foiz);
- Hayvon va o‘simliklar moylari, yog‘lar va mumlar — $363,0 mln (+25,3 foiz);
- Ichimliklar va tamaki — $222,2 mln (+15,3 foiz).


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter