Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston limon eksportini anchagina oshirdi

O‘zbekiston limon eksportini anchagina oshirdi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston 2022-yilning dastlabki ikki oyida 6 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,2 ming tonna limon eksport qilgan.

Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berib o‘tdi.

Limon eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 309 tonnaga oshgan.

2022-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 715 tonna
- Qozog‘iston – 325 tonna
- Qirg‘iz R. – 194 tonna

Xorijga eng ko‘p limon eksport qilgan hududlar:

- Farg‘ona viloyati – 521 tonna

- Toshkent viloyati – 219 tonna

- Xorazm viloyati – 159 tonna

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring