Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston 8 oyda 5,8 mlrd dollarlik oltin sotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston 8 oyda 5,8 mlrd dollarlik oltin sotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston 8 oyda qiymati 5,8 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan oltin sotgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga 147,2 % ni tashkil etib, 1,8 mlrd. AQSh dollariga ko‘p. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Oltin eksporti jami eksport ulushining 50 % ni tashkil etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston jahonning 160 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

O‘tgan sakkiz oy mobaynida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 24,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 mlrd. AQSh dollariga kamaygan.

Tashqi savdo aylanmasida eksport 11,6 mlrd. AQSh dollari, import hamji 12,9 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lib, tashqi savdo aylanmasi saldosi -1,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring