O‘zbekiston — Qozog‘istondagi xorijiy kompaniyalar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda
Qozog‘istonda ro‘yxatga olingan chet el bilan hamkorlikdagi hamda xorij kompaniyalari soni jadal oshib boryapti. 2022-yil noyabrida shunday kompaniyalar soni 45 827 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib 59 351 taga yetdi, deb xabar berdi, Zakon.kz.
Mamlakat milliy statistika idorasi ma’lumotiga ko‘ra, xorij kompaniyalarining katta qismi — Rossiya kompaniyalari, uch yilda ularning soni 17 138 tadan 23 533 taga (18 978 tasi faoliyat yuritmoqda) yetgan.
Ikkinchi o‘rinda — Turkiya kompaniyalari. Uch yil ichida ularning soni 5 444 taga (3 605 tasi faoliyat yuritmoqda).
O‘zbekistonlik tadbirkorlar Qozog‘istonda faoliyat yuritayotgan chet elliklar reytingida — uchinchi o‘rinda. Qo‘shni mamlakatda O‘zbekistonning 5 217 ta kompaniyasi ro‘yxatga olingan bo‘lib, 3 829 tasi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, ikki mamlakat ishtirokidagi 638 ta qo‘shma korxona ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 473 tasi faoliyat yurityapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter