Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Rossiya shokoladini eng ko‘p sotib olayotgan mamlakatlar qatorida

O‘zbekiston Rossiya shokoladini eng ko‘p sotib olayotgan mamlakatlar qatorida

Illyustrativ foto

Rossiya shokoladini eng ko‘p import qilayotgan mamlakatlar ma’lum bo‘ldi. BMT Comtrade platformasiga 13-iyul kuni joylangan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil yanvar-aprel oylarida Rossiya eng ko‘p shokoladni Qozog‘istonga eksport qilgan — $78,3 mln (6,1 mlrd rubl.)

Rossiya shokoladini eng ko‘p import qilayotgan mamlakatlar (top-10):

  1. Qozog‘iston — $78,3 mln
  2. Ozarbayjon — $23,4 mln
  3. O‘zbekiston — $21,4 mln
  4. Qirg‘iziston — $14,7 mln
  5. Gruziya — $8 mln
  6. Xitoy — $7,4 mln
  7. Armaniston — $5,7 mln
  8. Serbiya — $3 mln
  9. Moldova — $2,4 mln
  10. Germaniya — $2,1 mln.

Bundan tashqari, Rossiya shokoladi Belarus, Bolgariya, Isroil, Latviya, Saudiya Arabistoni va AQShga eksport qilinmoqda, deyiladi xabarda. To‘rt oydagi eksport jami qiymati $170,7 mln.ni tashkil etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring