Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo hajmi 21 foizga o‘sdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo hajmi 21 foizga o‘sdi

Foto: «Mir 24»

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2019-yilning dastlabki to‘rt oyida 870 millon AQSh dollarini tashkil etdi, bu 2018-yilning shu davridagidan 20,8 foizga ko‘pdir. Bu haqda «Energyprom» portali Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.

Dastlabki to‘rt oyda Qozog‘iston eksporti hajmi 28,5 foizga o‘sib $672,3 millionni, O‘zbekistondan import esa 0,3 foizga o‘sib $197,7 millionni tashkil etgan. Qozog‘iston O‘zbekistonga asosan bug‘doy (jami eksportning 17,7 foizi), metall yarim fabrikatlar (9,3 foiz), neft va neft mahsulotlari (6,3 foiz) yetkazib berayotgani ma’lum qilingan.

O‘zbekistondan import qilinayotgan asosiy mahsulotlar: etilen polimerlari (10,9 foiz), qo‘rg‘oshin va konsentratlar (9,9 foiz), neft gazlari va uglevodorodlar (9,7 foiz).

«REGNUM» xabariga ko‘ra, 2019-yilning dastlabki choragida Qozog‘istonning tashqi savdo hajmi $20,5 millionni tashkil etgan: eksport — $13,3 mln., import — $7,2 mln.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring