Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda inflyasiya 9 foizgacha pasaygani e’lon qilindi

O‘zbekistonda inflyasiya 9 foizgacha pasaygani e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida mamlakatimizda investitsiya va biznes muhitini tubdan yaxshilash, bu yo‘ldagi to‘siqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish uchun qat’iy qadamlar tashlanganini qayd etdi.

Har bir sarmoyador o‘zini erkin va ishonchli his qilishi uchun keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

So‘nggi yillarda iqtisodiyotimiz qariyb ikki barobar o‘sdi. O‘tgan yil yakuni bo‘yicha bu o‘sish 6 foizni tashkil qildi. Inflyasiya 9 foizgacha pasaydi. Savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari muttasil oshmoqda. Valyuta bozori va oltin-valyuta zaxiralari barqarorligi saqlab qolinmoqda.

Oxirgi yillarda mamlakatimizda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Xalqaro moliya institutlarining 14 milliard dollardan ortiq mablag‘lari ijtimoiy va infratuzilma sohalariga jalb qilindi, deyiladi davlat rahbarining matbuot xizmati xabarida.

O‘tgan yilning o‘zida xorijiy investitsiyalar hajmi qariyb ikki barobar ko‘paydi.

Energetika sohasida «ACWA Power», «Masdar», «Total Eren», «Voltalia», «Ҫalɩk» va «Aksa»; kimyo sanoatida «Air Products», «Indorama» va «Kamse», tog‘-kon va metallurgiyada – «Orano» va «DANIELI», avtomobilsozlik va elektrotexnika yo‘nalishlarida «BYD», «Kia» va «Samsung», qurilish sohasida «Koҫ» va «KNAUF» kabi dunyoning yetakchi kompaniyalari hamda yirik brendlari bilan 300 dan ortiq investitsiya va sanoat loyihalari ishga tushirilgani va yuz minglab yangi ish o‘rinlari yaratilgani katta mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

Bugungi forum doirasida dunyoning ilg‘or kompaniyalari hisoblangan «Linde», «Orascom», «DataVolt», «Bonafarm», «PASHA holding» va boshqa sheriklar ishtirokida yangi yirik loyihalarga start beriladi.

Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari bu ishga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan xorijiy investorlarga, barcha hamkorlarga chuqur va samimiy minnatdorlik izhor etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring