O‘zbekistonda pomidor narxi Ukraina va Yevropadagidan ham qimmat bo‘lib ketdi
O‘zbekistonda qizil dumaloq pomidor narxi o‘tgan yilga nisbatan ikki barobarga qimmatladi, deb xabar berdi EastFruit nashri.
17 martdan 24 martgacha O‘zbekistonda issiqxonada yetishtirilgan qizil pomidor narxi 28 ming so‘mdan 36 ming so‘mga ($2,45 dan $3,16 ga) ko‘tarilgan. So‘nggi uch oyda bu mahsulotning narxi 2,4 barobarga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 barobarga qimmatlagan.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda pomidor narxi Yevropadagidan ham qimmatroq. Bir kilo pomidor O‘zbekistonda 3,16 dollar, Polshada 2,79 dollar, Ukrainada 2,60 dollar, Tojikistonda 2,29 dollar, Moldovada 1,61 dollar va Gruziyada 1,16 dollar turadi.
Nashr O‘zbekistonda pomidor narxi rekord darajada qimmatlaganini yanvar oyidagi anomal sovuq paytida issiqxonalarda katta miqdordagi hosil yo‘qotilgani bilan izohlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter