O‘zbekistonda YaIM shakllanishida eng katta ulushga ega hudud aniqlandi
O‘zbekiston bo‘yicha YaIMning shakllanishida qaysi hudud eng katta ulushga ega ekani ma’lum qilindi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-iyun holatiga O‘zbekistonda YaIMning shakllanishida Toshkent shahri 19 foiz ulush bilan eng katta hissa qo‘shgan.
Toshkent (10,2 foiz ) va Navoiy (8,5 foiz) viloyatlari keyingi o‘rinlarni egallab turibdi.
Respublika YaIMini shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (1,9 foiz), Jizzax (2,8 foiz) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (2,8 foiz) to‘g‘ri kelgan
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter