O‘zbekistonning 10 ta eng yirik soliq to‘lovchilari ro‘yxati yangilandi

Moliya vazirligi «Fuqarolar uchun budjet 2022» yangilangan nashrini taqdim etdi. Unda O‘zbekistondagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchi keltirilgan.
Ro‘yxat 2021-yilning noyabriga nisbatan o‘zgarmagan, biroq ilgari ushbu kompaniyalar budjet daromadlarining 36,4 foizini ta’minlashi prognoz qilingan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 40,2 foizgacha oshdi:
- «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» — 20,2 foiz;
- «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» — 11 foiz;
- «O‘zbekneftgaz» — 2,2 foiz;
- «O‘ztransgaz» — 1,9 foiz;
- UzBAT — 1,3 foiz;
- «Hududgazta’minot» — 1,3 foiz;
- «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» — 0,7 foiz;
- Uz-Kor Gas Chemical — 0,5 foiz;
- UzAuto Motors — 0,5 foiz;
- «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» — 0,5 foiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter