Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning 10 ta eng yirik soliq to‘lovchilari ro‘yxati yangilandi

O‘zbekistonning 10 ta eng yirik soliq to‘lovchilari ro‘yxati yangilandi

Moliya vazirligi «Fuqarolar uchun budjet 2022» yangilangan nashrini taqdim etdi. Unda O‘zbekistondagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchi keltirilgan.

Ro‘yxat 2021-yilning noyabriga nisbatan o‘zgarmagan, biroq ilgari ushbu kompaniyalar budjet daromadlarining 36,4 foizini ta’minlashi prognoz qilingan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 40,2 foizgacha oshdi:

  • «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» — 20,2 foiz;
  • «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» — 11 foiz;
  • «O‘zbekneftgaz» — 2,2 foiz;
  • «O‘ztransgaz» — 1,9 foiz;
  • UzBAT — 1,3 foiz;
  • «Hududgazta’minot» — 1,3 foiz;
  • «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» — 0,7 foiz;
  • Uz-Kor Gas Chemical — 0,5 foiz;
  • UzAuto Motors — 0,5 foiz;
  • «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» — 0,5 foiz.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring