«O‘zbekneftgaz»: Ai-92 markali benzin narxi yana arzonlashdi

«O‘zbekneftgaz» AJ «UNG» milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida Ai-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg‘isi sotuvini yo‘lga qo‘yganligi haqida avval xabar berilgan edi.
2020 yilning 26 mart kunidan e’tiboran Ai-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga pasaytirilgandi. 29 apreldan esa bu mahsulotning narxi 5.500 so‘m deb belgilandi.
15 maydan boshlab Ai-92 markazi benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashtirildi va 5000 so‘m qilib belgilandi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Ai-80 markali benzin narxi «O‘zbekneftgaz» AJga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 4000 so‘mdan sotilmoqda.
AYoQShlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to‘liq va aniq ma’lumotlarni @UNG_Petro_Bot telegram kanali orqali olishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter