«O‘zbekneftgaz» AJda yangi rahbarlik lavozimiga tayinlov amalga oshirildi

«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining buyrug‘iga asosan transformatsiya va operatsion samaradorlik departamenti boshlig‘i lavozimiga Behzod Boburovich Usmonov tayinlandi.
Yurist, injener-texnolog mutaxassisligiga ega bo‘lgan Behzod Usmonov Manchester universitetida tahsil olgan.
U shu vaqtga qadar «Uzbekistan GTL» korxonasida Biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter