«O‘zbekneftgaz»: «Sho‘rtan» konidagi yana bir gaz qudug‘i ishga tushirildi

Sho‘rtan neft va gazni qazib olish boshqarmasiga qarashli «Sho‘rtan» konidagi 327-sonli quduqda burg‘ulash ishlari yakunlandi.
Natijada quduqdan bir sutkada 60 ming kub metrgacha sanoat miqyosida tabiiy gaz olinmoqda. Hozirda shleyf tortish ishlari olib borilmoqda. Keyin ushbu olinayotgan tabiiy gaz dastlabki tayyorlash qurilmasiga qayta ishlash uchun uzatiladi.
Ma’lumot uchun: «Sho‘rtan» koni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida joylashgan bo‘lib, 1980 yilda ishga tushirilgan. Hozirgi kunda kondagi 156 ta quduqdan gaz qazib chiqarilmokda.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter