Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zmilliybank Germaniya banki bilan 100 mln yevrolik shartnoma imzoladi

O‘zmilliybank Germaniya banki bilan 100 mln yevrolik shartnoma imzoladi

Foto: «Nbu.uz»

Kecha, 19 fevral kuni Frankfurt Maynda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Germaniyaning «AKA Bank»i (AKA Ausfuhrkredit-Gesellschaft mbH) o‘rtasida O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish uchun 100 million yevrolik kredit shartnomasi imzolandi.

Shartnoma Germaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlaridan tovarlar hamda xizmatlar importini o‘z ichiga olgan investitsiya loyihalarini, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun bankka kredit liniyasi ajratilishini nazarda tutadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring